"Latsio" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri hozirda "Milan"da o'ynayotgan ingliz futbolchisi Ruben Loftus-Chikni o'z klubiga jalb qilishni juda xohlamoqda.

Tuttosport nashrining xabar berishicha, Sarri "Latsio" prezidenti Klaudio Lotitoga futbolchining salohiyati haqida tushuntirgan.

Biroq Loftus-Chikning o'zi 2023 yildan beri o'ynab kelayotgan "Milan"idan ketishni istamaydi.