Mauritsio Sarri "Latsio"ning A Seriya doirasida "Roma"dan uchralgan mag'lubiyatini (0:1) baholadi.

"Bizda 4-5ta yaqqol vaziyat bo'ldi, birinchi bo'limda hisobni ochishimiz mumkin edi. Qo'pol xato tufayli yutqazdik. Ko'ramiz, bu himoyachining texnik xatosi bo'lganmi yoki u epizodga jiddiy yondashmaganmi.

Umuman olganda, yaxshi o'yin o'tkazdik, ammo mana bunday yutqazdik. Muxlislarimizga achinamiz, ular bizni qo'llab-quvvatlashdi. Shuningdek, jamoaga ham achinaman - biz mag'lubiyatga loyiq emasdik. Menimcha, durangga loyiq edik.

Gol o'tkazib yuborganimizdan keyin sekinlashdik, ammo shu paytgacha raqibga ko'p imkon bermadik va bir-ikki marta gol urishimiz mumkin edi. 38-daqiqagacha ("Roma" - Sports) yutqazishimiz uchun shart-sharoitlarni ko'rmadim," - dedi "Latsio" ustozi.