"Latsio" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri Rim derbisi natijasi haqida fikr bildirdi. Italiya chempionatining 4-turidan o'rin olgan uchrashuv “bo'rilar”ning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

"Birinchi bo'limda oldinga chiqib olish uchun to'rt-beshta imkoniyatimiz bor edi. O'yinda jiddiy xato tufayli mag'lub bo'ldik.

Biz yaxshi o'yin o'tkazdik, ammo shunday mag'lub bo'ldik. Muxlislarimizga achinamiz. Ular bizni qo'llab-quvvatlashdi.

Jamoaga achinaman; ular mag'lubiyatga loyiq emas edi", - deya Sarrining so'zlarini keltiradi DAZN.