Sanya: "Agar "Bavariya" Chempionlar ligasida g'olib chiqqanida, Olise "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan bo'lardi"

«Arsenal», «Manchester Siti» va Frantsiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Bakari Sanya «Bavariya» vingeri Maykl Olisening joriy mavsumdagi o'yinlariga yuqori baho berdi.
Oddschecker nashriga bergan intervyusida Sanya «Bavariya»ning EChLdan chiqib ketgani futbolchining shaxsiy yutuqlariga ta'sir qilishini ta'kidladi.
«Menimcha, agar u ushbu mavsumda Chempionlar Ligasida g'olib chiqqanida, «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan bo'lardi. «Bavariya»ning «PSJ»dan mag'lub bo'lib, musobaqani tark etgani uning yo'lini to'sib qo'ydi. Ammo u Bundesliga va EChLda fenomenal mavsumni o'tkazdi. Olise maydondagi haqiqiy rassomdir.
Afsuski, odamlarning xotirasi qisqa. Ko'pchilik faqat «PSJ»ga qarshi o'yinni eslab qoladi va uni tanqid qilishni boshladi. Bu esa «Oltin to'p» uchun kurashda unga qarshi ishlaydi. U kuchli uchlikka kirmasa kerak, ammo yaqin 3-4 yil ichida bu sovrinni qo'lga kiritishiga ishonaman», — deydi Sanya.
Shuningdek, sobiq futbolchi «Bavariya»ning evrokuboklardagi ishtirokiga to'xtalar ekan, «PSJ»ga qarshi dastlabki o'yindagi 20 daqiqalik omadsizlik va javob uchrashuvidagi hakamlarning qarorlari jamoaga qimmatga tushganini ta'kidladi.
Ma'lumot uchun, Maykl Olise joriy mavsumda «Bavariya» safida barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 30 ta golli uzatmani amalga oshirdi.