Santyago Ximenes «Latsio» futbolchisiga aylanishi mumkin

Meksikalik hujumchi Santyago Ximenes klubni o'zgartirishi mumkin, biroq u Italiya chempionatini tark etmaydi. «Milan» a'zosiga Rimning «Latsio» klubi qiziqish bildirmoqda, ammo transfer borasida futbolchining narxi asosiy muammoga aylanishi mumkin.
«Milan» kutilgan o'yinni ko'rsata olmagan hujumchisi uchun kamida 20 million evro ishlab olmoqchi. Biroq «Latsio» buncha mablag' sarflashga qodirmi yoki yo'q — bu katta so'roq ostida. Rim klubi anchadan beri moliyaviy jihatdan qiyin davrlarni boshdan kechirmoqda.
Pianetamilan.it nashrining aniqlik kiritishicha, Ximenesning o'zi hozirda 2,5 million evro maosh olmoqda va poytaxt klubida ham shunga o'xshash maoshga ega bo'lishni istaydi.
Yakunlangan mavsumda «Milan» A Seriya turnir jadvalida beshinchi, «Latsio» esa sakkizinchi o'rinni egalladi.