NFL 2026 yildan boshlab Madridda muntazam mavsum o'yinlarini o'tkazish bo'yicha ko'p yillik kelishuv tuzilganini e'lon qildi. Uchrashuvlar «Real»ning uy stadioni — «Santyago Bernabeu»da bo'lib o'tadi.

NFLning Madriddagi ilk o'yini 2025 yilda o'tgan. Liga Ispaniyani xalqaro bozordagi ustuvor yo'nalishlardan biri deb hisoblaydi: NFL baholashiga ko'ra, mamlakatda taxminan 11 million muxlis bor.

Uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi doirasida NFL Ispaniyada flag-futbolni ommalashtirishni rejalashtirmoqda. NFL Flag dasturi 2024 yilda ishga tushirilgan va hozirda Ispaniya Amerika futboli federatsiyasi qo'llab-quvvatlovida Madrid, Barselona va Saragosa maktablarida amal qilmoqda.

Hozircha 2026 yil mavsumida Madridda muntazam chempionatning bitta o'yini o'tishi tasdiqlangan. Qatnashuvchi jamoalar, sana va boshlanish vaqti keyinroq — mavsumning to'liq taqvimi bilan birga e'lon qilinadi.