"Santos" shifokori Neymarning ahvoli haqida ma'lumot berdi

"Santos"dagilar Neymarning jismoniy holatidan mamnun. 33 yoshli futbolchi yil boshida vataniga qaytganidan ko'p o'tmay bir nechta jarohat olishga ulgurgandi. Iyun oyidan beri yulduz futbolchi jarohatlardan qochishga muvaffaq bo'lmoqda - u muntazam ravishda asosiy tarkibda maydonga tushmoqda.
"Neymar ajoyib formada. Uning ahvoli yaxshilanmoqda, u barqaror rivojlanishda davom etmoqda. Biz uning jismoniy holatidan juda mamnunmiz," - deya "Santos" shifokorining so'zlarini keltiradi The Touchline.
Neymar yanvar oyida o'zi uchun qadrdon bo'lgan klubga qaytdi. Iyun oyida sardor joriy yilning dekabr oyi oxirigacha mo'ljallangan yangi shartnomaga imzo chekdi.