"Santos" Neymar bo'yicha bayonot berdi

"Santos" klubi yulduz hujumchi Neymar borasida rasmiy bayonot berdi. Dushanba kuni 33 yoshli futbolchi tizzasidagi muammo tufayli jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.
Operatsiya muvaffaqiyatli o'tdi - Neymar o'zini yaxshi his qilmoqda. Jarrohlik amaliyoti meniskni davolash uchun artroskopiya edi.
Tez orada Neymar kasalxonadan chiqariladi va reabilitatsiya jarayonini boshlaydi. Avvalroq braziliyalik futbolchi kelasi yozda Braziliya terma jamoasi safida jahon chempionatida ishtirok etish istagi haqida gapirgandi.
Neymarning "Santos" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning oxirigacha mo'ljallangan.