Yarim himoyachi Renatu Sanshesh faoliyatini Gretsiya chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi.

L’Equipe xabariga ko'ra, 28 yoshli futbolchi kelasi mavsumni "Panatinaikos"da o'tkazadi va u "PSJ"dan ijaraga o'tadi.

Bu portugaliyalikning faoliyatidagi qatorasiga uchinchi ijarasi bo'ladi va shartnomada uni sotib olish imkoniyati ko'zda tutilmagan.