Sanol «Bavariya»ga qaysi futbolchini sotib olish kerakligini aytdi

«Bavariya» va Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Villi Sanol «Bavariya»da qaysi frantsiyalik o'yinchini ko'rishni istashi haqidagi savolga javob berdi.
«Men Uorren Zair-Emerining muxlisiman. U aynan «Bavariya» profiliga mos keladigan futbolchi. Zair-Emeri o'ziga xos xarakter va ulkan mehnatsevarlikka ega, u futbolchi sifatida juda to'g'ri yo'nalishda rivojlanmoqda. Agar u «PSJ»da zaxira o'rindig'ida qolib ketsa, jamoadan ketish haqida o'ylab ko'rishi mumkin. Ammo uning transfer narxi juda qimmat bo'ladi», — dedi Sanol Bild nashriga bergan intervyusida.
Uorren Zair-Emerining «PSJ» bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali yarim himoyachining transfer qiymatini 80 million evroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar