Sandro Tonali Italiyaga qaytmoqchi: APL grandlari esa bunga to'sqinlik qilishga tayyor

«Nyukasl» yarim himoyachisi Sandro Tonali faoliyatini qaerda davom ettirish borasida bosh qotirmoqda. Teamtalk jurnalistlariga ma'lum bo'lishicha, futbolchi Italiya A Seriyasiga qaytish variantini ko'rib chiqishga tayyor.
Manbaga ko'ra, vatanida Tonalining o'yinlarini «Inter», «Yuventus» va Sandro Tumanli Albionga ko'chib o'tishdan oldin to'p surgan «Milan» klublari kuzatib bormoqda. APLda esa yarim himoyachiga «Arsenal», «Chelsi», «MYu» va «Manchester Siti» qiziqish bildirmoqda.
«Nyukasl» esa, o'z navbatida, yulduz futbolchisini sotish orqali 80 million evrodan ko'proq mablag' ishlab olishni rejalashtirgan. Joriy mavsumda Tonali 50 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Xavbek o'z hisobiga 3 ta gol va 7 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.