«Sanderlend» yarim himoyachi Granit Jaka bo'yicha «Chelsi»dan kelib tushgan 8 million funt sterlinglik (9,2 million evro) taklifni rad etdi. Bu haqda insayder David Ornshteyn o'z ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi.

"Qora mushuklar" "ko'klar"ning taklifini nomaqbul deb hisoblashdi va yarim himoyachi hech qanday narxga sotilmasligini ma'lum qilishdi", — deya tushuntiradi Ornshteyn.

Manbaning qo'shimcha qilishicha, «Sanderlend» rahbariyati futbolchi hech qanday pulga sotilmasligini qat'iy ta'kidlagan.

Avvalroq, «ko'klar» jamoaning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso sababli Jakani o'z safiga qo'shib olishni juda xohlashayotgani haqida xabar berilgan edi. Murabbiy shveytsariyalik futbolchi bilan 2023–2025 yillarda chempionlikni qo'lga kiritgan «Bayer» klubida birga faoliyat yuritgan.

Jaka hozirgi vaqtgacha «Sanderlend» tarkibida atigi bir mavsum o'tkazdi.

Manba: Stadion.uz