Britaniyalik vinger Jeydon Sancho Dortmundning "Borussiya" klubiga qaytishni juda xohlamoqda. U "Manchester Yunayted"dan ketish uchun o'z maoshini qurbon qilishga tayyor.

Shunday qilib, Sancho "Borussiya"ga o'tish uchun maoshining ikki baravar kamaytirilishiga rozi. Hozir u haftasiga 300 ming funt oladi.

Jeydon "MYu"dagi holatidan norozi. "Qizil iblislar" murabbiylar shtabi ham futbolchidan norozi va kelajakda unga umid qilmayapti.