Sancho ingliz futbolchilari orasida noyob natijani takrorladi

Jeydon Sanchoning goli "Aston Villa"ga Evropa Ligasi doirasida "Fenerbaxche" ustidan g'alaba keltirdi (1:0). "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan vinger o'yinning 25-daqiqasida raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Squawka xabariga ko'ra, Sancho evrokuboklarda to'rtta jamoa safida gol urgan ikkinchi angliyalik futbolchi bo'ldi. Bunga birinchi bo'lib taniqli sobiq hujumchi Piter Krauch erishgan.
Avvalroq, Jeydon Sancho evro evrokuboklarda "Borussiya" D, "Manchester Yunayted" va "Chelsi" kabi jamoalarda gollar urgan edi. Qayd etish joiz, "Fenerbaxche" darvozasiga kiritilgan gol 25 yoshli futbolchi uchun "Aston Villa" safida barcha musobaqalardagi ilk gol bo'ldi.