Aleksis Sanches JCh-2030da ishtirok etish istagini bildirdi.

Yozda 36 yoshli chililik hujumchi "Sevilya"ga o'tdi.

- Nima deb o'ylaysiz, nima sababdan Chili terma jamoasi so'nggi paytlarda jahon chempionatlariga chiqmay qo'ydi?

- Menimcha, ular o'yinchilarni boshqarishni bilishmagan. Menga kelsak, terma jamoadagi tajribamga qaraganda, ular o'z vaqtida futbolchilarni kerakli pozitsiyaga qo'yishmagan. Shuning uchun ham ular ikki-uch murabbiyni almashtirishdi.

Masalan, ular meni "oltilik" pozitsiyasiga qo'yishdi, bu mening pozitsiyam emas. Men har doim chap qanotda va markazda o'ynaganman. Meni faqat bir marta, Kanadaga qarshi o'yinda maydonga tushirishdi, ammo men atigi 20 daqiqa o'ynadim.

- Faoliyatingizni Chili terma jamoasida davom ettirish istagida yonayotganga o'xshaysiz?

- Albatta, bu mening mamlakatim. Men, Suaso va yana bir necha kishi kabi Evropada o'ynaydigan [chililiklar] kam. Hozircha o'z hissamni qo'sha olaman va yaxshi jismoniy formada bo'lsam, doim terma jamoada bo'lishni istayman.

Men Chili terma jamoasi bilan yana bir jahon chempionatiga borishni istardim, bu 2030 yilda bo'ladi, men 42 yoshga to'laman. Men jismoniy va ruhiy jihatdan yaxshi formada bo'lishim kerak - bu professionallikdan dalolat beradi", - dedi Sanches.