Sanches: "His-tuyg'ular meni engib chiqdi"

Dam olish kunlari Ispaniya La Ligasida “Sevilya” va “Barselona” jamoalari to'qnash kelishdi.
Andalusiyaliklar o'z maydonida sensatsion tarzda 4:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Chililik hujumchi Aleksis Sanches penaltini aniq amalga oshirib, uchrashuvdagi birinchi golni urdi. O'yindan oldin Sanches "Barselona"ga urgan golini nishonlamasligini aytgandi.
Biroq, u sobiq jamoasiga gol urganidan keyin uni nishonladi.
"Ha, men golni nishonlamaslikka va'da bergandim. Lekin ba'zida his-tuyg'ular meni engib chiqdi va kuchli xohishim meni buni qilishga majbur qiladi", dedi Sanches.