Samorano: "Klubga bunday o'yinchilar kerak"

Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Ivan Samorano Vinisius Junior haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Matbuotda braziliyalik vinger 2026 yilda "qirollik klubi"ni tark etishi mumkinligi haqida uzoq vaqtdan beri mish-mishlar yuribdi, ammo chililik sobiq hujumchining so'zlariga ko'ra, Madrid grandi futbolchi bilan xayrlashmasligi kerak.
"Vinisius kuchli xarakterga ega, u o'yinlar davomida raqiblarga zarba beradi, ammo maydondan tashqarida shubhali bayonotlar bermaydi, ortiqcha shovqin ko'tarmaydi. "Real"ga raqiblar bilan to'qnashuvga olib kelsa ham, klubni jon-jahdi bilan himoya qiladigan futbolchilar kerak. Vinisius aynan shundaylardan", - deya Ivanning so'zlarini keltiradi Madrid Zone.
"Qaymoqranglilar"ning yulduzi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan.