«Arsenal» va «Manchester Siti»ning sobiq yarim himoyachisi Samir Nasri faoliyatining boshida soxta ism ostida maydonga tushganini aytib berdi.

— Ular men yashaydigan hududdan haydovchilik guvohnomasini olish yoshiga mos keladigan yigitni topishdi va ikki mavsum davomida men Aleksandr Maras nomi bilan o'ynadim. Menga: «Sen frantsuzga o'xshaysan», deb aytishardi va litsenziya olish yoshiga etgunimcha shu soxta ism bilan o'ynadim.

O'yinlar paytida esa: «Unutma, sening isming Aleksandr», deb miyamni “yuvishardi”, — dedi Nasri.

Samir Nasri faoliyati davomida «Marsel», «Arsenal», «Manchester Siti» va boshqa qator klublar safida to'p surgan.

Manba: championat.com