Bishkek shahrida sambo bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati start oldi.

Bugun musobaqaning dastlabki kun bellashuvlari bo'lib o'tdi. Kun mobaynida hamyurtlarimiz 3 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.

Sovrindorlarimiz ro'yxati bilan tanishing:

Kumush:

+98 kg: Asror Hamidov 

-64 kg: Oybek Soliev (jangovar sambo)

-88 kg: Sohibjon Hasanboev (jangovar sambo)

Bronza:

-72 kg: Madinabonu Salohiddinova (jangovar sambo)

Musobaqa 9 noyabrga qadar davom etadi.