Samarqandliklarning maqsadi jiddiy: «Dinamo» «Ayachcho» himoyachisi transferini e'lon qildi

«Dinamo» jamoasi 2026 yilgi mavsum oldidan selektsiya ishlarini davom ettirmoqda.
Klub 2026 yilgi yangi mavsum oldidan himoya chizig'ini ham kuchaytirishni rejalashtirgan. Vadim Abramov boshchiligidagi murabbiylar shtabi taklifiga ko'ra, «Dinamo» PFK frantsiyalik 25 yoshli markaziy himoyachi Jesa Mabape Ayessa bilan bir yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Frantsiyalik legioner klub safiga erkin agent sifatida qo'shiladi.
Kelib chiqish kongolik Jesa Ayessa Frantsiya fuqarosi sanalib, o'tgan yillar davomida «Sosho», «Gyonon», «Romorantin», «Le Pyui», 2025 yilda esa Frantsiya 2-divizion vakili «Ayachcho» sharafini himoya qilgan. U ayachcholiklar safida 2024/25 yilgi mavsumda 25 o'yinda maydonga tushgan.
Ma'lumot: Jesa Mabepa Ayessa
Tug'ilgan sanasi: 2000 yil, 9 yanvar
Tug'ilgan joyi: Parij, Frantsiya.
Bo'yi: 188 cm
Ampluasi: Markaziy himoyachi
So'nggi klubi: «Ayachcho» Frantsiya.