Samarqandda shaxmat bo'yicha “Grans Swiss 2025” musobaqasiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Xabaringiz bor, 3–15-sentyabr kunlari ko'hna va betakror Samarqand dunyoning eng nufuzli shaxmat musobaqalaridan biri “Grans Swiss 2025”ga mezbonlik qiladi.
Bugun ushbu nufuzli musobaqa oldidan Samarqandda matbuot anjumani tashkil etildi. Matbuot anjumanida FIDE prezidenti Arkady Dvorkovich, Sport vaziri Adkham Ikramov hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullaev hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.