Salohning jarohati qanchalik jiddiy?

Misr terma jamoasining yulduz forvardi Muhammad Saloh guruh bosqichining so'nggi turi doirasidagi Eronga qarshi o'yinda jarohat oldi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Misr futbol federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, hujumchi tibbiy ko'rikdan o'tgan va uning natijalariga ko'ra, futbolchining soni orqa mushagi cho'zilgani tashxisi qo'yilgan. Saloh allaqachon tiklanish muolajalarini boshlab yuborgan.
Misr terma jamoasi o'z kvartetida ikkinchi o'rinni egalladi va Jahon chempionati — 2026ning pley-off bosqichiga yo'l oldi. Ushbu nufuzli turnirdagi navbatdagi bahsda afrikaliklarga Avstraliya milliy terma jamoasi raqiblik qiladi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar