Salohning agenti: «Ikki yo'l bor»

"Liverpul"ning yulduz hujumchisi Muhammad Salohning manfaatlarini himoya qilayotgan futbol agenti Rami Abbos futbolchining kelajagi borasida fikr bildirdi.
"Muhammad "Liverpul"da qolishi yoki Saudiya Arabistoni chempionatiga ko'chib o'tishi mumkin," - deya agentning so'zlarini keltiradi Sabah.
Eslatib o'tamiz, Saloh va mersisayd grandi o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning yozida yakuniga etadi.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 33 yoshli misrlik 14 ta o'yinda ishtirok etdi. Muhammad 4 ta gol va 3 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Salohning bozor narxi 30 million evroga baholanmoqda.