Saloh va «Beshiktosh» hamkorlik shartlari bo'yicha kelishuvga erishdi

«Liverpul»ning sobiq hujumchisi Saloh Turkiyaning «Beshiktosh» klubi bilan hamkorlik shartlari bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Santi Auna ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, misrlik futbolchi yiliga 10 million evro maosh oladi. Bundan tashqari, shartnomada 2 million evrogacha bo'lgan bonuslar ham ko'zda tutilgan.
Tomonlar o'rtasidagi mehnat shartnomasi bir yil muddatga mo'ljallangan bo'lib, unda yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham nazarda tutilgan.
Saloh o'tgan mavsum yakunida «Liverpul»ni tark etdi. U 2025/2026 yilgi mavsumda barcha musobaqalar doirasida 41 ta uchrashuv o'tkazib, 12 ta gol va 10 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, Salohning transfer qiymati 22 million evroni tashkil etadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar