"Liverpul" vingeri Muhammad Saloh olti o'yinlik golsiz va golli uzatmalarsiz seriyasiga chek qo'ydi.

Premer-liganing 16-turida "Brayton"ga qarshi o'yinda Saloh 60-daqiqada Ugo Ekitikening goliga assistentlik qildi.

Bu Salohning 1 noyabrdan beri, "Aston Villa"ga qarshi o'yinda gol urganidan beri birinchi marta golda ishtirok etish holati bo'ldi.

O'shandan beri misrlik futbolchi ketma-ket beshta o'yinda golda qatnashmadi.