Futbolda eng ko'p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri Muhammad Saloh va "Liverpul" o'rtasidagi ziddiyatdir.

Germaniyaning BILD nashri xabariga ko'ra, Salohning o'z klubiga nisbatan dushmanlik kayfiyatida ekanining sabablaridan biri "Bayer"dan Florian Virtsning transferida, chunki Slot unda Salohni chetda qoldirib, jamoaning yangi hujumkor etakchisiga aylanishi kerak bo'lgan futbolchini ko'rmoqda.

Qayd etilishicha, "Liverpul" bu ziddiyatda Arne Slotni qo'llab-quvvatlamoqda, shu bois Saloh qishki transferlar vaqtida jamoani tark etishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" 2025 yilning yozida Floryan Virtsni qariyb 140 million evroga sotib olgan edi. Bu mavsumda u mersisaydliklar safida barcha musobaqalarda 20 ta o'yinda 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.