«Liverpul» vingeri Muhammad Saloh faoliyatini «Fenerbaxche»da davom ettirishi mumkin.

A Spor nashrining xabar berishicha, istanbulliklar mavsum yakunida mersisaydliklarni tark etadigan 33 yoshli misrlik futbolchining agenti bilan allaqachon ikki bor uchrashishgan.

Saloh yiliga 20 million evro miqdorida ish haqi talab qilgan va faoliyatini Evropada davom ettirish istagini bildirgan.