Saloh Henderson bilan tushlik qildi(foto)

Britaniya tabloidlari mersisaydliklarning sobiq sardori Jordan Henderson bilan tushlik qilayotgan "Liverpul" vingeri Muhammad Salohni payqab qoldi. Yozishlaricha, uchrashuv G'arbiy Londondagi Scalini restoranida bo'lib o'tgan.

Misrlik "Lids"ga qarshi o'yindan keyin shov-shuvli intervyu berdi, jamoadagi vaziyatdan shikoyat qildi va "Inter"ga qarshi o'yin qaydnomasidan chetda qoldi. Shu fonda uning maydondan tashqaridagi har qanday ko'rinishi darhol lupa ostida ko'rila boshlanadi.

Henderson - mantiqiy suhbatdosh: ular ko'p yillar davomida "Liverpul"da birga o'ynashgan, Jordanning o'zi esa Saudiya Arabistonida o'ynash tajribasiga ega edi. Ammo suhbat Salohning kelajagi haqida bo'lganiga hech qanday dalil yo'q.