Saloh, Hakimiy, Girassi va Osimhen — yilning eng yaxshi afrikalik futbolchisi sovrini uchun nomzodlar

Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) yilning eng yaxshi afrikalik futbolchisi nomiga da'vogarlar ro'yxatini e'lon qildi. Umumiy hisobda bu mukofot uchun 10 nafar futbolchi kurash olib boradi.
To'liq ro'yxat quyidagicha:
1. Andre Zambo Angissa («Napoli», Kamerun);
2. Fiston Mayele («Piramids», DR Kongo);
3. Muhammad Saloh («Liverpul», Misr);
4. Deni Buanga («Los-Anjeles», Gabon);
5. Seru Girassi («Borussiya» Dortmund, Gvineya);
6. Ashraf Hakimiy («PSJ», Marokash);
7. Ussama Lamliui (RSB, Marokash);
8. Viktor Osimhen («Galatasaray», Nigeriya);
9. Iliman Ndiyay («Everton», Senegal);
10. Pape Sarr («Tottenhem», Senegal).
Eslatib o'tamiz, 2024 yilgi mazkur sovrinni «Atalanta» klubi safida to'p surayotgan nigeriyalik futbolchi Ademola Lukman qo'lga kiritgan edi.