"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Misr terma jamoasining Jibutiga qarshi o'yinida ikkita gol urdi.

Misrliklar 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi va kelasi yil yozida AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan JCh-2026ga yo'llanma oldi.

33 yoshli forvard 14 va 84-daqiqalarda gol urdi. Endi Saloh Afrika saralashlarida eng ko'p gol urish bo'yicha rekordchi bo'lib turibdi: 20 ta.

Avvalgi rekordchilar Dide Drogba (Kot-d'Ivuar) va Islom Slimani (Jazoir), ikkalasi ham 18 martadan gol urgandi.