Saloh APLdagi samarasiz o'yinlar seriyasiga barham berdi

"Liverpul" vingeri Muhammad Saloh jamoaga qaytganidan keyingi dastlabki o'yindayoq golda ishtirok etishga muvaffaq bo'ldi.
Misrlik futbolchi oltita uchrashuv davom etgan golsiz va assistsiz seriyani to'xtatdi. APL 16-turidan o'rin olgan "Brayton"ga qarshi o'yinning 60-daqiqasida Saloh burchakdan to'pni o'yinga kiritib berdi, shundan so'ng Ugo Ekitike raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Saloh uchun bu 1 noyabr kuni "Aston Villa"ga qarshi o'yinda gol urganidan beri birinchi samarali harakat bo'ldi. O'sha o'yindan keyin misrlik ketma-ket beshta uchrashuvda gol+pas tizimida ochko to'play olmagan.
Avvalroq, Saloh ketma-ket uch marta asosiy tarkibdan chetda qolganidan keyin klubdagi munosabatdan norozi ekanini ma'lum qilgandi. Ko'p o'tmay, u "Inter" bilan Chempionlar Ligasi o'yini uchun qaydnomaga kiritilmadi.