Muhammad Saloh APLdagi 188-golini urdi.

"Liverpul" forvardi 95-daqiqada penaltidan "Byornli" darvozasini ishg'ol qildi.

Saloh gollar soni bo'yicha Endi Koulni ortda qoldirib, APLda sof 4-o'ringa chiqib oldi. Uchinchi o'rinda Ueyn Runi (208 gol), ikkinchi o'rinda esa Xarri Keyn (213).

APL tarixidagi eng yaxshi to'purar - Alan Shirer. Unda 260 ta gol bor.