Londonning «Arsenal» klubi himoyachisi Vilyam Saliba futbolchilarning transfer qiymatini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portali versiyasiga ko'ra, tarixda transfer qiymati 100 million evroga etgan ikkinchi himoyachiga aylandi.

2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra Angliya Premer-ligasi bo'yicha ma'lumotlar yangilangach, frantsiyalik futbolchining transfer qiymati yana 10 million evroga oshdi. Natijada u hozirda 100 million evroga baholanmoqda.

Bungacha mazkur ko'rsatkichga faqat «Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk erishgan edi. Niderlandiyalik futbolchining transfer qiymati 2019 yil sentyabr oyida 100 million evroga chiqqan.

APLning eng qimmat futbolchilari reytingida Saliba oltinchi o'rinni egallab turibdi. Reyting peshqadami esa «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland bo'lib, uning transfer qiymati 200 million evroni tashkil etadi.

Manba: championat.com