Saliba: "Olise bizning o'yinimizga rang-baranglik olib kiradi"

"Arsenal" markaziy himoyachisi Uilyam Saliba Maykl Olisening Frantsiya terma jamoasi uchun ahamiyati haqida gapirdi.
23 yoshli vinger “Bavariya”ning asosiy o'yinchisiga aylandi. "Olise - Frantsiya terma jamoasining etakchilaridan biri. U bizning o'yinimizga rang-baranglik olib kiradi.
U yaxshi texnikaga ega. Maykl ajoyib yigit, ba'zida biroz beparvo, bu juda kulgili. U juda yaxshi futbolchi va bizga albatta yordam beradi", - dedi Saliba matbuot anjumanida.