«Transfermarkt» portali talqiniga ko'ra, Londonning «Arsenal» klubi futbolchisi Vilyam Saliba jahon futbolidagi eng qimmat markaziy himoyachiga aylandi. Nufuzli portal ekspertlari frantsiyalik futbolchining yangilangan transfer qiymatini 100 million evroga baholadi.

«Kanonirlar» himoya qo'rg'oni etakchisi shu tariqa tarixda bu marraga etishgan ikkinchi markaziy himoyachi bo'ldi. Bunday narxga birinchi bo'lib, 2019 yilda «Liverpul»ning amaldagi sardori Virgil van Deyk erishgan edi.

Vilyam Saliba «Arsenal»ga 22 yil ichida birinchi marta Premer-ligada g'olib chiqishga yordam berdi. 25 yoshli futbolchi yakunlangan mavsumda Mikel Arteta jamoasi safida 50 ta o'yin o'tkazib, bittadan gol va golli uzatma muallifiga aylandi.