Saliba "Kristal Pelas"ga qarshi o'yindagi g'alaba sababchisini aytdi

"Arsenal" markaziy himoyachisi Vilyam Saliba Angliya Liga kubogi chorak finalidan o'rin olgan "Kristal Pelas"ga qarshi o'yindan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Jamoalar asosiy vaqtda o'zaro gollar evaziga durang qayd etishdi (1:1). Penaltilar seriyasida "kanonirlar" 8:7 hisobida ustun keldi. Maksens Lakruaning zarbasini darvozabon Kepa Arrisabalaga qaytardi va "Arsenal"ni yarim finalga olib chiqdi.
"Top-jamoaga qarshi qiyin o'yin. Bilamizki, "Kristal Pelas" bilan har doim oson bo'lmagan. Xatoyimni hisobga olmaganda, biz yaxshi o'yin ko'rsatdik, Kepa esa ajoyib edi. Afsuski, eng oxirida gol o'tkazib yubordik, ammo u bizni penaltilar seriyasida qutqardi.
Yarim finalga chiqqanimizdan juda xursandmiz. Umid qilamanki, biz o'tgan mavsumda yarim finaldagi mag'lubiyatdan saboq chiqarganmiz", - dedi Saliba Sky Sports’ga bergan intervyusida.
Mikel Arteta jamoasi final yo'llanmasi uchun "Chelsi" bilan bahs olib boradi.