Vilyam Salibaning jarohati haqidagi shov-shuvli ma'lumot e'lon qilindi. Jurnalist Fabris Xokinsning xabar berishicha, frantsiyalik futbolchi joriy jahon chempionatidagi barcha o'yinlarni umurtqa pog'onasidagi sinish bilan o'tkazgan.

Saliba belidan jarohatni Angliya Premer-ligasi mavsumi davomida olgan edi. Mundialda frantsiyalik himoyachi og'riqqa chidab o'ynashga majbur bo'ldi, biroq Ispaniyaga qarshi yarim final bahsida organizmi dosh bera olmadi va himoyachi birinchi bo'limdayoq maydonni tark etdi. O'sha o'yinda frantsuzlar 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchragan.

Endi «Arsenal» Salibadan to'rt-besh oyga, ya'ni uzoq muddatga ayrilib qolish xavfi ostida. Angliya chempionining «kanonirlar» safiga qaytishi faqat kelgusi kalendar yilining boshlarida amalga oshishi kutilmoqda.

Manba: Stadion.uz