Saliba: «Bu shunchaki dahshat»

Frantsiya terma jamoasi jahon chempionatidagi yo'lini Senegal ustidan qozonilgan 3:1 hisobidagi g'alaba bilan boshladi. Golsiz yakunlangan birinchi bo'limdan so'ng frantsuzlar o'yinni sezilarli darajada kuchaytira olishdi. «Uchranglilar» sardori Kilian Mbappe uchrashuvda dubl qayd etdi. Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Vilyam Saliba hujumchi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Mbappe? Uning qilayotgan ishlari shunchaki dahshat (aql bovar qilmas darajada). Menimcha, u Frantsiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylanganini va balki hali jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purar ham bo'lishini o'zi ham oxirigacha his qilmayapti — bunga umid qilaman. Barchamiz u uchun juda xursandmiz. Umid qilamanki, u turnir yakuniga qadar gol urishda davom etadi», — dedi Saliba beIN Sports telekanaliga.
Jahon chempionati guruh bosqichining keyingi uchrashuvlarida Frantsiya terma jamoasini Iroq va Norvegiyaga qarshi o'yinlar kutmoqda.