Londonning «Arsenal» klubi markaziy himoyachisi Vilyam Saliba bosh murabbiy Mikel Artetaning shtabida assistent bo'lib ishlayotgan Gabriel Xayntsening ish uslublari haqida gapirib berdi.

Argentinalik taniqli sobiq futbolchi londonliklar klubidagi faoliyatini o'tgan yilning yozida, jamoa uchun chempionlik bilan yakunlangan mavsum boshlanishidan avval boshlagan edi. Salibaning so'zlariga ko'ra, Artetaning yordamchisi kiyinish xonasidagi futbolchilarni «o'ziga keltirib qo'yish» mahorati bilan ajralib turadi.

«Xayntse jamoamizga kelgan ilk kunidayoq barchaga — hatto jamoaning etakchi futbolchilariga ham baqirishni boshladi. O'shanda hamma shokka tushib qolgandi», — deya frantsiyalik himoyachining so'zlarini keltiradi Angliya OAVlari.

Eslatib o'tamiz, «kanonirlar» yakunlangan mavsumda yakuniy turnir jadvalida «Manchester Siti»ni 7 ochkoga ortda qoldirib, so'nggi 22 yil ichida ilk bor Premer-liga chempionligini qo'lga kiritishdi.