"Arsenal" tez orada Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Vilyam Saliba bilan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qiladi, deb xabar berdi X ijtimoiy tarmog'ida insayder Fabritsio Romano.

Manbaga ko'ra, kelishuv 2030 yilgacha mo'ljallangan. Barcha hujjatlar imzolangan, bitim ma'qullangan.

Saliba "Arsenal" safida 2019 yildan buyon to'p tepib kelmoqda. 24 yoshli frantsuz bu mavsumda barcha musobaqalarda 6ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta golga hammualliflik qildi.