Saliba: "Arsenal" bilan barcha sovrinlarni yutishni istayman"

"Arsenal" himoyachisi Vilyam Saliba klub bilan shartnomani uzaytirish qaroriga yangicha izoh berdi.
"Men "Arsenal"da qolishni xohlagandim, chunki bu erda o'zimni uydagidek his qilyapman. Men bu erda uzoq muddatli istiqbolda ishlamoqchi edim. Menda hali sovrinlar yo'q, ammo ular albatta keladi, chunki bizda yaxshi murabbiy va kuchli jamoa bor. Unga evaziga hech narsa bermasdan klubdan ketolmayman. Maqsadim - qolish va barchasini yutish", - deya Salibaning so'zlarini keltiradi Goal portali.
"Arsenal" 7 turda 16 ochko jamg'arib, Premer-liga turnir jadvalida 1-o'rinda bormoqda.