“Arsenal” himoyachisi Uilyam Saliba to'pig'idan olgan jarohati tufayli kamida bir oy jamoasiga yordam bera olmaydi.

L'Équipe xabariga ko'ra, frantsiyalik futbolchining tiklanishi 3-4 haftagacha davom etadi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi APL 3-turida “Liverpul”ga qarshi bahsning 5-daqiqasida jarohat olib, maydonni tark etgandi.

Shu kuni “to'pchilar” safarda “qizillar”ga 1:0 hisobida imkoniyatni boy bergandi.