Salemakers Koni de Vinterning kelajagi porloq ekaniga ishonmoqda

«Milan»ning belgiyalik yarim himoyachisi Aleksis Salemakers Koni de Vinterning iqtidorini yuqori baholadi. Uning fikricha, de Vinter yaqin kelajakda o'z salohiyatini to'liq namoyon eta oladi.
«De Vinter — fantastik futbolchi. Bilaman, uning terma jamoada unchalik yaxshi bo'lmagan damlari bo'ldi, lekin bu har kimda sodir bo'lishi mumkin. U hali klubda o'zini ko'rsatishiga shubham yo'q. U juda kuchli», — deya Salemakersning so'zlarini keltirmoqda pianetamilan.it nashri.
Eslatib o'tamiz, ayni damda «Milan» Italiya A Seriyasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.