"Milan"ning belgiyalik yarim himoyachisi Aleksis Salemakersning fikricha, klubining joriy mavsumdagi muvaffaqiyati "Milan"ga qaytgan Massimiliano Allegrining faoliyati bilan bog'liq.

"Bizda tez-tez va ko'p g'alaba qozongan murabbiy bor. G'alaba mentaliteti uning holatida quruq gap emas", - deya Salemakersning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

"Milan" Italiya chempionatidagi navbatdagi o'yinini "Latsio"ga qarshi o'tkazadi.