Sakki: "Milan" hali chempionlik uchun tayyor emas"

"Milan"ning taniqli sobiq murabbiyi Arrigo Sakki jamoaning joriy A Seriya mavsumidagi istiqbollari haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Milan" hali chempionlik uchun tayyor emas va tayyor deyilganda, men doimiy ravishda yuqori pog'onada qolish uchun zarur bo'lgan etuklikni nazarda tutyapman.
Siz ustunlik hissi bilan o'ynab, raqibingizga bunchalik ko'p bo'sh joy qoldira olmaysiz - ertami-kechmi xavf paydo bo'ladi.
Bu mentalitet masalasi va biz hali ham buning ustida ishlashimiz kerak", dedi Sakki.