Sakki: "Menga o'yin jihatidan "Napoli" yoqadi"

Mashhur italiyalik murabbiy Arrigo Sakki A Seriya chempionligi poygasi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
U amaldagi chempion "Napoli"ni eng ishonchli klub deb biladi.
"Menga o'yin jihatidan "Napoli" yoqadi. Ular asosiy o'yinchilarining jarohatlari bilan qiyin davrni engib o'tishga muvaffaq bo'lishdi. Jamoaning o'yini allaqachon Skudettoni qo'lga kiritgan klub tamoyillariga asoslangan", dedi Sakki.