Sakki A Seriya chempionini taxmin qildi

Arrigo Sakki "Napoli" yana Italiya chempionligini qo'lga kiritishini kutmoqda.
"Men kasbim bo'yicha folbin emasman, lekin men istisno qilib, "Napoli"ni aytaman. Bu borada adashmayman deb o'ylayman.
Bu yozda A Seriyada "Napoli" eng yaxshi transfer mavsumini o'tkazdi. Ular murabbiyning o'yin uslubiga mos keladigan o'yinchilar bilan shartnoma imzolashdi", – dedi "Milan"ning sobiq ustozi.