Saka Raysning "Arsenal" uchun ahamiyatini tushuntirdi

Londonning "Arsenal" klubi yulduz vingeri Bukayo Saka "kanonirlar" yarim himoyachisi Deklan Raysning etakchilik qobiliyatini qayd etdi.
"Deklan "Arsenal"ning ajoyib futbolchisi va etakchisi hisoblanadi. Rays kiyinish xonasida katta mas'uliyatni o'z zimmasiga oladi, u jamoani ruhlantiradi. Hozir Deklan yaxshi holatda, u bilan birga o'ynashdan xursandman. Uning darajasi maydonda o'z tasdig'ini topmoqda," - deya Bukayoning so'zlarini keltiradi The Sun.
Joriy mavsumda Deklan London jamoasining 17 ta o'yinida ishtirok etdi. Yarim himoyachi o'z hisobiga 2 ta gol va 4 ta assist yozdirib qo'ydi.