Saka JCh-2026dagi maqsadlari haqida gapirdi

«Arsenal» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Bukayo Saka bo'lajak 2026 yilgi Jahon chempionati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Biz kutilmalar borligini bilamiz, ammo eng muhimi — o'z oldimizga qo'yadigan talablarimizdir. Bu narsa mavjud bo'lganda, boshqa hech narsa bizga bunchalik bosim o'tkaza olmaydi. Shuning uchun biz faqat barcha shov-shuvlarni chetga surib, nimaga erishishni istayotganimizni bilishga harakat qilyapmiz. Biz turnirga nima uchun borayotganimizni bilamiz va buni diqqat markazimizda saqlaymiz.
O'tmishdagi muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, biz Evroga g'alaba qozonishga bo'lgan ishonch bilan borgan edik va unga juda yaqin keldik. Endi biz buni motivatsiya sifatida ishlatyapmiz. Biz oldinga harakat qilishda davom etamiz va o'zimiz uchun bunday imkoniyatlarni yaratishda davom etamiz», — deya Sakaning so'zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.