Bukayo Saka Jahon chempionatining bir o'yinida uchta gol urgan tarixdagi atigi to'rtinchi ingliz futbolchisiga aylandi.

Vinger JCh-2026 doirasida Frantsiyaga qarshi kechgan o'yinda xet-trik rasmiylashtirdi. U 37-, 45- va 87-daqiqalarda o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.

Unga qadar Angliya terma jamoasi safida Jahon chempionatining bir uchrashuvida uchtadan gol urgan futbolchilar: Jeffri Xerst (1966), Gari Lineker (1986) va Xarri Keyn (2018) hisoblanadi.

Manba: Stadion.uz